Kecha Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Shri-Lankada bо‘lib о‘tgan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan shaxmatchilarni tantanali kutib olish marosimi bо‘lib о‘tdi.
Qit’a birinchiligida о‘z yosh toifalarida Umida Omonova, Ruqiya Olimova, Afruza Hamdamova, Humoyun Begmuratov va Abdimalik Abdisalimov vatanimiz sharafini munosib himoya qildi. Chempionlar orasida qashqadaryolik Abdimalik Abdisalimov ham bor.
О‘zbekistonlik shaxmatchilar Osiyo chempionatidan 5ta oltin, ikkita kumush va bitta bronza medali bilan qaytdi.
"Uza.uz" ma’lumotlari asosida
12-04-2019 |
Янгиликлар
16-03-2023
Xotin-qizlar bandligi taʼminlanmoqda06-03-2023
Rasmiy bayonot06-03-2023
Rasmiy xabarФото галерея