Qashqadaryo viloyati qо‘g‘irchoq teatri Navrо‘z bayrami va “Teatr tomoshalari haftaligi” kunlarida bir hafta mobaynida bolajonlar uchun eng sara spektakllarni bepul namoyish etadi.

Yosh tomoshabinlar ta’til kunlarida “Fantning sarguzashti”, “Sog‘lom tanda — sog‘ aql”, “Mittivoyning sarguzashti”, “99 tillo tanga”, “Maqtanchoq quyon” hamda “G‘aroyib yertutlar” kabi sahna asarlarini tomosha qilishadi.

— Mamlakatimizda har yili 21 — 27 mart kunlari “Teatr tomoshalari haftaligi”ning о‘tkazilishi belgilangan, — deydi viloyat qо‘g‘irchoq teatri rahbari Elbek Eshmuradov. — Bunday tadbirlar bolalarni axloqiy-estetik tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Haftalik davomida farzandlarimizning ta’tilni maroqli о‘tkazishlari barobarida, ma’naviy ozuqa olishlariga kо‘maklashishga harakat qildik.

Ahad Muhammadiyev (“Xalq sо‘zi”).

26-03-2019 |
Фото галерея