Davlat xavfsizlik xizmati kuni munosabati bilan  Qarshi shahri   CHо‘lquvar  mahallasida yangi bunyod etilgan tо‘rtta kо‘p qavatli uydagi 120 ta yangi xonadonning kalitlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari  va ularning oila a’zolariga tantanali tarzda topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimligi,  davlat va jamoat tashkilotlari vakillari,  faxriylar va yoshlar, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari  va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.

«Mazkur uylar zamonaviy uslubda qurilgan bо‘lib, shinam va har tomonlama qulay xonadonlarga kirgan kishining kо‘ngli yorishadi», deyiladi viloyat hokimligi axborot xizmati xabarida.

Tadbirda viloyat hokimi Zafar Rо‘ziyev ishtirok etdi va nutq sо‘zladi

                                                             Suratlarni Murod Komilov olgan.

08-04-2019 |
Фото галерея