10 aprel kuni Qarshi shahrida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli qarori hamda 2018 yil 20 sentabr kuni О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida bо‘lib о‘tgan jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab о‘tkazilgan yig‘ilish bayoni, shuningdek, 2019 yil  19 mart kuni О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bо‘lib о‘tgan 5 ta muhim tashabbus tо‘g‘risidagi yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash, aholining barcha qatlamini jismoniy tarbiya xususan, ommaviy sportga keng jalb etish maqsadida Qashqadaryo viloyat hokimligi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan  shahardagi markaziy kо‘cha bо‘ylab (viloyat hokimligi binosidan “Vatanparvarlar bog‘i” xududigacha bо‘lgan masofada) “Amir Temur izdoshlari marafoni” о‘tkazildi. Bu haqida viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Mazkur marafonda viloyatda faoliyat olib borayotgan barcha tashkilot rahbarlari va muassasalari ishchi xodimlari, xalq ta’limi hamda о‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari о‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari, tuman (shahar) hokimliklari va tashkilot xodimlari, mahallalardagi uyushmagan yoshlar, uy bekalari, nuroniylar, faxriylar ishtirok etishib, umumiy qatnashchilar soni 80 000 nafardan oshib ketdi.

Suratlarni Murod Komilov olgan

12-04-2019 |
Фото галерея