Qashqadaryo-Surxondaryo baxshichilik maktabining yirik namoyondasi Shernazar baxshi dо‘mbirasidan uning nevarasi – О‘zbekiston xalq baxshisi Xо‘shvaqt Mardonaqulov foydalanib kelmoqda. Bu haqda festival matbuoti xizmati vakili «Daryo»ga xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, «Sherna Jyurik», «Hizir nazar solgan baxshi», deya e’tirof etilgan Shernazar baxshi О‘zbekiston baxshichilik san’atiga katta hissa qо‘shgan. Uning bugungi kunga qadar 46 ta Gо‘rо‘g‘li turkumiga mansub va о‘nga yaqin mualliflik dostonlari bor. Uning dо‘mbirasi 100 yildan beri ishlatilib kelinmoqda.

Foto: Baxshichilik festivali matbuoti xizmati

«Shu vaqtga qadar Shernazar baxshi qabri qayerda ekani bilan rahbarlarimiz qiziqmagan, hatto bilmagan ham. Baxshichilik san’ati rivojiga e’tibor ortgani tufayli Shernazar baxshi mangu qо‘nim topgan maskan obod qilindi»,  – deydi Surxondaryo viloyati hokimi о‘rinbosari, festival ishchi guruh rahbari Rо‘zimurod Choriyev.

Foto: Baxshichilik festivali matbuoti xizmati

О‘zbekiston xalq baxshilari Shoberdi baxshi Boltayev, Shodmon baxshi, Abdunazar Poyonov, Xо‘shboq bobo Mardonaqulov va boshqa bir qator baxshilar Shernazar baxshining boy madaniy merosini keng targ‘ib etib, boyitib, kuylab kelmoqda.

   daryo.uz ma’lumotlari asosida

04-04-2019 |
Фото галерея