12 iyun 2019 yil “Nauot” mehmonxonasining majlislar zalida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bо‘yicha vakil (biznes OMBUDSMAN), Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini kо‘rib chiqish Qashqadaryo viloyati Qabulxonasi bilan hamkorlikda “TADBIRKORLIK FAOLIYATINI QО‘LLAB-QUVVATLASH VA HIMOYA QILISH MASALALARIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR SARHISOBI” mavzusida matbuot anjumani tashkil qilindi.

Keyingi yillarda respublikada tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va biznesni yuritish uchun qulay muhit yaratish, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash sohasida keng kо‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, soliq tizimi tubdan isloh qilindi, ruxsat beruvchi hujjatlarni olish tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xо‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bо‘lmagan rejali tekshirishlar bekor qilindi.

Tadbirkorlarning, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish sifati va tezkorligini oshirish, ular bilan ochiq va tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri muloqotni ta’minlash, ularning qonuniy talablarini amaliy va samarali rо‘yobga chiqarish va muammoli masalalarni hal etish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga real hissani kо‘paytirish, aholining ish bilan bandligini oshirish va uning moddiy farovonligini о‘stirish maqsadida  О‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini kо‘rib chiqish qabulxonalari tashkil qilindi.

О‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2018 yil 7 iyundagi 3777-sonli hamda 2019 yil 7 martdagi 4231-sonli qarorlariga asosan “Har bir oila-tadbirkor” Dasturi amalga oshirilmoqda va о‘z navbatida, mazkur dastur aholi hayotida tezda о‘z aksini topmoqda.

Qashqadaryo viloyatida ham Dastur ijrosi yuzasidan, sektor rahbarlari boshchiligida iqtisodiy soha tashkilotlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, yoshlar ittifoqi, xotin qizlar qо‘mitasi, kasaba uyushmalari vakillari, tijorat banklarining mas’ul xodimlaridan iborat 739 ta ishchi guruhlari tashkil qilinib, barcha mahallalardagi har bir xonadonga birma-bir kirib chiqilib, Dasturning mazmun-mohiyati aholiga tushuntirildi.

Shu barobarida, oilaviy biznesni rivojlantirish bо‘yicha aholining, ayniqsa yoshlar va kam daromadli oilalarning xoxish-istaklari, imkoniyatlari batafsil о‘rganib chiqilib, bugungi kunga qadar 36821 ta loyihalar bо‘yicha 434 mlrd.sо‘mlik kredit mablag‘lariga bо‘lgan talab shakllantirildi va “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish viloyat markazi” tomonidan ularga ijobiy xulosalar berildi.

“Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida 2018-2019 yillar bо‘yicha bugungi kun holatiga kelib jami 450 mlrd. sо‘mlik kreditlar ajratib berildi.

Shundan joriy yilda banklarimiz tomonidan 23396 ta loyihalarga 374 mlrd.sо‘mlik kreditlar ajratib berilishi ta’minlandi.

Dastur doirasida loyihalarni amalga oshirishda, hududlarni о‘ziga xos hususiyatlarini inobatga olib, “Bir mahalla-bir mahsulot” tamoyili asosida loyihalarni kreditlashga asosiy e’tibor qaratilgan.

Dasturni tо‘laqonli amalga oshirishda eng birinchi navbatda texnologiyalar, yengil konstruksiyali issiqxonalar, naslli chorva mollari, parrandalar va boshqa mahsulotlarni yetkazib beruvchi 766 nafar moliyaviy ahvoli barqaror bо‘lgan salohiyatli ta’minotchi tashkilotlar shakllantirildi.

Masalan, joriy yilning о‘tgan davrida Rossiya, Ukraina va Qozog‘iston davlatlaridan ta’minotchilar tomonidan 2326 bosh yirik shoxli hamda 45600 bosh mayda shoxli naslli chorva mollari olib kelinib tarqatildi.

“Har bir oila-tadbirkor” Dasturini amalga oshirishda kam ta’minlangan oilalarni tadbirkorlikka yо‘naltirish orqali ularni daromadini oshirish bо‘yicha ijobiy ishlar qilinmoqda.

Xususun, viloyatida 11424 nafar kam ta’minlangan oilalarni tо‘liq xammasiga 100 foiz, 41,5 mlrd.sо‘mlik  kreditlar ajratib berildi.

Dasturning mazmun-mohiyatini aholiga keng tushuntirish va targ‘ibot qilish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali doimiy chiqishlar tashkil qilinmoqda. Masalan, Qashqadaryo teleradiokompaniyasi orqali “Har bir oila-tadbirkor” rukni ostida “ochiq muloqot” tarzida kо‘rsatuvlar efirga uzatib kelinmoqda.

 Mazkur matbuot anjumani jarayonida jurnalistlar о‘zlarini qiziqtirgan savollariga yetarlicha javoblar  olishdi.

                                                                  Suratlarni Murod Komilov olgan.

                                                                  Viloyat  hokimligi axborot xizmati

13-06-2019 |
Фото галерея