Qashqadaryo viloyatida О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi safida millat manfaatlari yо‘lida astoydil jon kuydirayotgan 30 nafar harbiy xizmatchi yangi uy sohiblariga aylandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi – harbiy ma’muriy sektor rahbari, О‘zbekiston Respublikasi Senati a’zosi Zafar Ruziyev, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, yaqinlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Mamlakatimizda Milliy armiyamizning jangovar salohiyatini yuksaltirish, harbiy xizmatchilarning xizmat va yashash sharoitini yaxshilash borasida keng kо‘lamli ishlar amalga oshirilib, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini qо‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari uchun bunyod etilgan mazkur uylar buning amaldagi ifodasidir.

Юртимиз тинчлиги учун сидқидилдан хизмат олиб бораётган ҳарбий хизматчилар ва уларнинг оила аъзолари учун барпо этилган кўп қаватли замонавий уйларнинг калитлари тантанали равишда топширилди.

Xushovoz xonandalarning shо‘x kuy-qо‘shiqlari nafaqat tadbir ishtirokchilari balki butun mahallaga bayramona kayfiyat ulashdi.

                                                                                                           Suratlarni Murod Komilov olgan.

                                                                                                           Viloyat hokimligi axborot xizmati

 

10-06-2019 |
Фото галерея