Bugungi kunda mamlakatimiz qо‘shni davlatlar bilan yaqin qо‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlab borayotgan bir vaqtda, respublikamizga chegara bojxona postlari orqali turli xil tovar-moddiy boyliklari noqonuniy kirib kelishining oldini olish bilan bir qatorda, turli xavf-xatarlarni bojxona chegarasining о‘zida aniqlash, ular ichki hududga kirib kelishini bartaraf etish ham bojxonachilarning asosiy vazifalaridan sanaladi.

Shunga muvofiq, "Qarshi-Kerki" chegara bojxona postida "Sanksiyalanmagan ionlashtiruvchi nurlanish manbalari topilishi bilan bog‘liq avariyani bartaraf etishda favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi xizmatlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida maxsus taktik о‘quv mashg‘uloti о‘tkazildi. Unda viloyat bojxona, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar va sog‘liqni saqlash boshqarmalari, DXX Chegara qо‘shinlariga qarashli harbiy qism, viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi, "Sanoatgeokontexnazorat" mintaqaviy inspeksiyasi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda "Qarshi ikkilamchi qora metall" mas’uliyati cheklangan jamiyati xodimlari qatnashdi.

Rejaga muvofiq, dastlab mamlakatimizga kirish yо‘nalishida ikkilamchi qora metall yuklangan yuk avtomashinasi harakatlandi va dozimetrik nazoratdan о‘tkazish jarayonida bojxona postidagi radiatsion portal monitor tashvish signalini berdi. Aniqlangan holat bо‘yicha tezkor navbatchi tomonidan tegishli idoralarga xabar berildi.

Shundan sо‘ng, jalb etilgan guruhlar tomonidan noma’lum ionlashtiruvchi nurlanish manbasi topilgan joy radiatsiyaviy ifloslanish о‘chog‘ining kengayishiga yо‘l qо‘ymaslik hamda uni zararsizlantirish ishlari amalga oshirildi.

Viloyat bojxona boshqarmasi xodimi Aziza Xushvaqtovaning aytishicha, bunday о‘quv mashg‘ulotlarini о‘tkazishdan asosiy maqsad, chegara bojxona postida ionlashtiruvchi nurlanishning sanksiyalanmagan manbalari aniqlanganda, ob’yekt rahbarlar tarkibi, fuqaro muhofazasi tuzilmalari hamda tegishli favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi xizmatlari shaxsiy tarkibining harakatlari va bilimlarini oshirish hamda ularda amaliy kо‘nikmalar hosil qilish, harakatlarni muvofiqlashtirishdan iborat.

N.XО‘JAYEV

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

17-03-2019 |
Фото галерея