Qarshi shahridagi Prezident maktabida "Ilm-saodat kalitidir" shiori ostida so‘ngi qo‘ng‘iroq tadbiri o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi Murotjon Azimov va sektor rahbarlari, maktab jamoasi hamda joriy yilgi bitiruvchi yoshlarning ota-onalari ishtirok etdi va dastlab rahbarlar o‘quvchilarning turli ishlanmalari ko‘rgazmasi bilan ham tanishdi.

So‘ngi qo‘ng‘iroq tadbirida so‘zga chiqqan viloyat hokimi bitiruvchilarni igna bilan quduq qazish kabi bilim olishdek mashaqqatli yo‘ldan aslo ortga qaytmasliklarini va bu borada shu kunga qadar erishgan natijalari bilan tabriklab, kelgusida oliy taʼlim muassasalarida olgan ilm va ko‘nikmalarini vatanimiz ravnaqi yo‘lida safarbar etishlarini tiladi va davlatimiz rahbarining taʼlim sohasida ularga yaratib berayotgan imkoniyatlari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng, tadbir maktab jamoasi tomonidan tayyorlangan turli badiiy va vohamizning xushovoz xonandalari chiqishlari bilan davom etdi.

Maʼlumot o‘rnida, joriy yil Qarshi shahridagi Prezident maktabini 24 nafar bitiruvchi yoshlar tamomlab, 17 nafari muddatidan avval xorijiy oliygohlarga qabul qilingan bo‘lsa, shundan 6 nafari nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarining 100 foizlik grantini naqd qildi. Shuningdek, ularning 19 nafari matematika va ingliz tilidan “SAT” hamda “IELTS” kabi halqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi. Jumladan, birgina Alisher Sultonov jami 45 ta nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarining 5 mln 480 ming AQSH dollari miqdoridagi grantini qo‘lga kiritgan.

Fotolavhalar: https://t.me/qvh_axboroti/24200?single 

21-06-2024 |
Фото галерея