Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – О‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashi hamda partiyaning viloyat va tuman (shahar) Kengashlaridagi deputatlik guruhlarining kengaytirilgan qо‘shma yig‘ilishi bо‘lib о‘tdi.

Yig‘ilish partiyaning yangilangan Dasturi va Saylovoldi dasturi loyihalarining muhokamasi, joriy yil dekabr oyida О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida samarali ishtirokini ta’minlash masalalariga bag‘ishlandi.

Tadbirni O‘zLiDeP viloyat Kengashi raisi SH.Tursunov ochib berdi. Ta’kidlandiki, 2017 – 2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan izchil demokratik islohotlar, Saylov kodeksining qabul qilinishi, mamlakat ijtimoiy maydonida yana bir siyosiy partiyaning vujudga kelishi va boshqa bir qancha omillar bо‘lajak saylovlar sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichda, ochiqlik, oshkoralik tamoyillari va kuchli partiyalararo raqobat, g‘oyalar va dasturlar kurashi ostida bо‘lib о‘tishidan dalolat beradi.

Bu esa, о‘z navbatida, O‘zLiDePning barcha tuzilmalari, deputatlik korpusi oldiga partiyaning ushbu saylovlarda munosib va samarali ishtirokini ta’minlash borasida qator vazifalar qо‘yadi. Ushbu vazifalar turli darajadagi vakillik organlari deputatligiga munosib nomzodlarni, partiya kuzatuvchilari, ishonchli vakillarini tanlab olish, ularning siyosiy, huquqiy bilim va kо‘nikmalarini, huquqiy ongini oshirish masalalaridan tortib, to partiyaning о‘z elektorati, saylovchilar bilan aloqalarini mustahkamlash, zamonaviy PR-texnologiyalardan foydalanish kabi masalalarni qamrab oladi. 

SH.Tursunov: “Partiya dasturi va Saylovoldi dasturi Harakatlar strategiyasi bilan hamohang bо‘lishi kerak”

Yig‘ilishda O‘zLiDeP viloyat Kengashi rahbari SH.Tursunov partiyaning oxirgi ikki yildagi faoliyatini tanqidiy-tahliliy о‘rganish, bо‘lajak saylovlarga tayyorgarlik borasidagi ishlarni zamon talablaridan kelib chiqib, mutlaqo boshqatdan, yangicha va innovatsion yondoshuvlar asosida qaytatdan qurish lozimligidan dalolat berayotganligini kо‘rsatib о‘tdi. Hususan, sо‘nggi uch yil ichida partiya dasturiy hujjatlariga sezilarli о‘zgartirish kiritilmaganligi, uning Dasturi va Saylovoldi dasturi Harakatlar strategiyasi bilan hamohang bо‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Zero, u Prezidentimizning saylovoldi dasturlariga asoslangan bо‘lib, O‘zLiDePning prezident saylovlari oralig‘idagi dasturiy hujjatidir va bu partiyaga alohida mas’uliyat yuklaydi.

Tanqidiy-tahliliy va qizg‘in muhokama, munozaralar ruhida о‘tgan yig‘ilishda ayni shu jihatlarga alohida e’tibor qaratildi. Joriy yilda partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qо‘mitasining qarori bilan 5 ta yо‘nalish bо‘yicha ishchi guruhlari shakllangani, ular turli tortishuvlar va munozaralar asosida partiyaning dasturi va Saylovoldi platformasi loyihalarini ishlab chiqgani, aytib о‘tildi.

Ushbu hujjatlar muhokamasi о‘ta qizg‘in tarzda kechdi. Unda mamlakatimizda parlament va boshqa vakillik organlarining roli va mavqeini oshirish, sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, sudlar tomonidan adolatli qarorlar qabul qilinishini ta’minlash, mamlakatimizni innovatsion rivojlanish yо‘lidan jadal odimlashini, “raqamli va bilim iqtisodiyot”iga о‘tishni ta’minlash, “aqlli, energiya tejamkor uylar” konsepsiyalarini hayotga tatbiq etish, tadbirkorlikni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash, hududlarning barqaror rivojlanishi, qishloq xо‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, mamlakatning investitsion jozibadorligini yuksaltirishda partiyaning rolini oshirish kabi masalalarga bag‘ishlangan yuzdan ziyod aniq taklif va mulohazalar bildirildi.   

Shuningdek, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida xususiy sektorni jadal rivojlantirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholi uchun arzon uy-joylar barpo etish, yо‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish,  tadbirkorlik va fermerlikni, kichik biznesni rivojlantirish masalalari ham yig‘ilish ishtirokchilari diqqat markazida bо‘ldi.

Majlisda taraqqiyotimizning yangi davrida xalq bilan muloqot qilish har bir idora va tashkilotning ustuvor vazifasiga aylangani e’tirof etildi. Shu bois, 2018 yilning avgust-sentabr oylarida xalq bilan ochiq muloqot qilish va aholi muammolariga yechim topish maqsadida partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qо‘mitasi qarori bilan ishchi guruhlar tuzilgan edi. Ishchi guruhlar joylarda “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” kabi о‘ta muhim dasturlar ijrosini о‘rganish yuzasidan elektorat vakillari va aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar olib bordi. Birgina shu yilning iyun oyida ishchi guruhlar joylarga navbatdagi chiqishlarni amalga oshirdi va har bir tuman kesimida 400 tadan xonadonga tashrif buyurdi.

Xonadonma-xonadon yurib, aholining kasanachilik, tomorqa, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, bog‘dorchilik yо‘nalishlarida mikrobiznesni yо‘lga qо‘yish va uni yuritishdagi muammolar bilan bir qatorda Prezidentimiz tomonidan juda jiddiy e’tibor qaratilayotgan hududlardagi investitsiya yо‘nalishida mahalliy tadbirkor va fermerlar oldida turgan muammolar, sun’iy tо‘siq va g‘ovlar joyida о‘rganildi va hal etish choralari kо‘rildi. Lekin bu boradagi ishlar samarasi hali yetarli darajada emasligi, bu boradagi partiyaviy tuzilmalar faoliyatini tubdan qayta kо‘rib chiqish zarurligi ta’kidlandi. 

Majlisda shuningdek, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, jamiyatimiz rivojida “bilim jamiyati”, “bilim iqtisodiyoti” kabi tushunchalar negizida kadrlar malakasini oshirish,  hududiy partiya tashkilotlari faoliyatini yanada jonlantirish, ularning moddiy-texnik ba’zasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, hududiy partiya tashkilotlarini axborot-kommunikatsion texnologiyalar, saylovlarga oid zarur uslubiy qо‘llanmalar bilan ta’minlash, partiya tashkilotlarining о‘z binosiga ega bо‘lishini ta’minlash bо‘yicha aniq vazifalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida joriy yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bо‘lib о‘tadigan saylovlarga qizg‘in tayyorgarlik kо‘rish bо‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Majlisda partiya faoliyatiga oid boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

                                                     Viloyat hokimligi axborot xizmati.

19-07-2019 |
Фото галерея