Qarshi shahrida simfonik orkestrning jonli konserti hamda  san’at ustalari va yosh san’atkorlarning chiqishlarini о‘zida mujassamlashtirgan"OPEN AIR. SAHRO SIMFONIYASI" musiqiy  loyihasi   tashkil     etildi.

О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish Davlatqо‘mitasi, О‘zbekiston davlat filarmoniyasi va viloyat hokimligi hamkorligida amalga oshirilgan musiqiy dasturni tomosha qilish uchun nafaqat san’at shinavandalari,balki keng jamoatchilik  vakillari ham yig‘ildi.

Konsert dasturi о‘tkazilgan maydonda о‘rindiqlar о‘rnatilib,  sahna musiqiy chiroquskunalari

Bilan bezatildi, shahar manzaralarini aks ettiruvchi vizual ekranlarqurildi. Shuningdek, viloyatimiz о‘ziga xosligini namoyish etuvchi о‘tovlar о‘rnatilib,hunarmandlar kо‘rgazmasi tashkil  etildi.

Konsert dasturida mumtoz asarlar, mashhur romantik kuylar va opera musiqalari, filmlardan musiqa ijro etildi, - deydi Qarshi shahrilik muxlis Nargiza Jabborova. – Dastur davomidagi raqslar ham juda qiziqarli bо‘ldi.Tomoshabinlar uchun kutilmagan va shou tarzida namoyish etilgan kо‘plab sovg‘alar san’atsevarlarni xursand qildi.

Ma’lumot о‘rnida aytish joizki,  ushbu loyiha ikki yildan buyon о‘tkazilibkelinmoqda. Joriy yilgi dastur doirasida 18-27 iyun kunlari О‘zbekistonning beshta shahri -Nukus, Xiva, Termiz, Qarshi va Shahrisabzda ochiq osmon ostida konsertlar uyushtirildi. "OPEN AIR. SAHRO SIMFONIYASI" loyihasining kо‘hna Keshdagi qismi kecha Oqsaroy majmuasi oldidagi muhtasham  maydonda о‘tkazildi.

Sojida ALLAYOROVA

Sobir NARZIYEV olgan suratlar.

 Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

29-06-2019 |
Фото галерея