Prezident sovrini uchun yurtimiz tadbirkorlari, fermerlari va hunarmandlari о‘rtasida о‘tkazilgan  "Tashabbus-2019" kо‘rik-tanlovining hal qiluvchi bosqichi yakunlandi. Uch kun davom etgan tadbir natijalariga kо‘ra 5 asosiy yо‘nalishda eng yaxshilar aniqlandi. Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi muhtasham "Navrо‘z" restoranida kо‘rik-tanlovning bu yilgi g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Quvonarlisi, mazkur nufuzli tanlovda Qashqadaryo viloyatining ikki vakili yuksak e’tirofga munosib kо‘rildi. Xususan, Yakkabog‘ tumanida faoliyat kо‘rsatayotgan "Sitora Imkon plyus" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Nargiza Salomova "Xizmat kо‘rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori" sifatida tan olindi. Kasbi tumanidagi kо‘p tarmoqli "Yurt rizqi-naslchilik" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Nasrulla Xudoyberdiyev esa "Eng namunali soliq tо‘lovchi" nominatsiyasi bо‘yicha rag‘batlantirildi.

- Aholiga, ayniqsa, yoshlarga kasb-hunar о‘rgatishdek mas’uliyatli va kamtarona ishim juda yuqori baholanib tegishli  yо‘nalishda respublikada eng yaxshi deb topilganimdan bag‘oyat xursandman, - deydi Nargiza Salomova. - Tо‘g‘risi, bunday bо‘lishini hech kutmagandim. Bir necha yildan buyon  xususiy о‘quv markazimizda mahalliy о‘quvchilarni talab yuqori kasblarga о‘qitib kelayapmiz. Bugunga qadar ushbu dargohni 10 mingdan ortiq kishi tamomlab, jamiyatda, hayotda о‘z о‘rnini egalladi, kо‘pchiligi tadbirkorligini yо‘lga qо‘ydi. Hozirda davlat rahbari ilgari surgan 5 muhim tashabbusdan ilhomlanib, hududimizdagi xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni tikuvchilik, sartaroshlik ixtisosligi bо‘yicha ta’lim oldirishga jiddiy bel bog‘laganmiz. Buni beg‘araz, homiylik asosida amalga oshirayapmiz. 

Kо‘rik-tanlov mutlaq g‘oliblariga statuetka, maxsus diplom hamda Prezident sovrini - "Spark" avtomobili tantanali topshirildi. Qolaversa, 2- va 3-о‘rin sohiblari hamda maxsus nominatsiyalar sovrindorlari ham qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Ma’lumot о‘rnida aytish joiz, shu vaqtgacha viloyatimiz ishbilarmonlari ushbu nufuzli kо‘rik-tanlovning final bosqichida 5 marta о‘z yо‘nalishida tengsiz deb topilgan. Jumladan, qashqadaryoliklar 3 marta "Yilning eng yaxshi fermeri", 1 martadan "Yilning eng yaxshi hunarmandi" va "Yilning eng yaxshi tadbirkori" bо‘lishgan. Bu yilgisi esa umumiy hisobda oltinchisidir. Ahamiyatlisi, 2012 yildan keyin vakillarimiz biror marta ham asosiy g‘oliblikka erisha olmayotgan, faqatgina quyi о‘rinlar va rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar bilan kifoyalanib kelayotgandi.

M.JО‘RAYEV

                                                     Qashqadaryogz.uz ma’lumotolari asosida

 

 

26-06-2019 |
Фото галерея