Shahrisabz shahridagi 2-bolalar musiqa va san’at maktabi о‘quvchisi Muhammad Ali Rahmonov "san’at g‘unchalari" kо‘rik-tanlovining kichik guruhlar, ya’ni 11-13 yoshlilar о‘rtasida yog‘och damli cholg‘ular ijrosi yо‘nalishida qatnashib, 3-о‘rinni qо‘lga kiritdi.

Madaniyat vazirligi, "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi, О‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamda qator tashkilotlar hamkorligida о‘tkazilgan kо‘rik-tanlovning respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi О‘zbekiston davlat konservatoriyasida bо‘lib о‘tdi. Unda hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qо‘lga kiritgan 150 dan ortiq yosh musiqachi о‘zaro bahslashdi.

- Bu mening respublika miqyosida erishgan ilk muvaffaqiyatim, - deydi Muhammad Ali Rahmonov. - Bu tanlovda tengdoshlarim ijodi bilan yaqindan tanishdim va hali kо‘p narsalarni о‘rganishim, bilimimni oshirishim kerakligini  tushundim.

Shu о‘rinda ta’kidlash joiz, Muhammad Alining maktabdoshi  Saodat Rashidova о‘tgan yili xuddi shu tanlovning respublika bosqichida kichik guruhlarda yog‘och damli cholg‘ular  chalish bо‘yicha qatnashib, 1-о‘rinni qо‘lga kiritgan.

Tadbir doirasida о‘quvchilarni turli tanlovlarga tayyorlashda faollik kо‘rsatgan Shahrisabz shahridagi 2-bolalar musiqa va san’at maktabi о‘qituvchisi Maqsud Aliyaqulovning mehnatlari e’tirof etildi. Unga "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi tashkilotchilari tomonidan tashakkurnoma topshirildi.

S.ALLAYOROVA

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

04-04-2019 |
Фото галерея