Xabaringiz bor, joriy yilning 19 mart kuni о‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni keng tafakkurli, bilimli va barkamol qilib tarbiyalash, ma’naviyatini yuksaltirish, aholi о‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bо‘yicha dolzarb vazifalar belgilandi.

Shunga muvofiq, ta’lim muassasalarida kitob fondini boyitishga kо‘maklashish maqsadida Majburiy ijro byurosi organlarining barcha xodimlari о‘zlari tahsil olgan maktablarga badiiy adabiyotlar taqdim qilishmoqda.

Dastlab boshqarmada maktab о‘quvchilari о‘qishi tavsiya etiladigan kitoblar rо‘yxati shakllantirilib, 27 mart kuni byuroning Kitob, Nishon tumanlari va Shahrisabz shahar bо‘limlari tomonidan umumiy hisobda 1000 dan ortiq kitob umumta’lim maktablariga taqdim qilindi.

Aksiya tumanlar bо‘ylab davom etmoqda.

N.XО‘JAYEV

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

04-04-2019 |
Фото галерея