Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatning asosiy mazmun mohiyati yosh avlodni vatanga mehr tuyg‘usida tarbiyalashdan iborat. Aynan oilada tinchlik va xotirjamlik hukmron bо‘lsa, shu oilada ulg‘aygan bola vatanga sadoqat ruhida tarbiya topadi. Majburiy ijro byurosining asosiy vazifasi turli undiruvlar ijrosini ta’minlash bо‘lsada, biroq, oilalar tinchligini ta’minlash bilvosita vazifasiga aylangan. Bu borada MIB Nishon tuman bо‘limi tomonidan bir qator ishlar olib borilmoqda.

    Joriy yilning yanvar-fevral oylarida 74 ta ijro ishi bо‘yicha qarzdorlardan undiruvchilar foydasiga  jami 189 mln sо‘m aliment pullari undirib berildi. Shu davrda jami 25 ta aliment qarzdorligi sababli nizoli bо‘lgan oilalar targ‘ibot va tushuntirishlar natijasida yarashtirilib oilaviy muhitni barqarorlashtirishga erishildi. Ushbu amaliyot tumandagi MFY va xotin-qizlar qо‘mitasi tomonidan ham qullab quvvatlanmoqda.

    Jumladan, MIB Nishon tuman bо‘limi tomonidan birgina joriy yilning 7 fevral kuni bо‘lib о‘tgan targ‘ibot va tushuntirishlar   natijasida 5ta oila yarashtirilib, ularga MIB xodimlari tomonidan estalik sovg‘alari topshirildi. Bundan tashqari MIB xodimlari yarashib, tinch- totuv yashab kelayotgan oilalar holidan xabar olib ularga ham sovg‘alar ulashdilar. 

    Kelgusida, harbir aliment undirish bilan bog‘liq ijro ishlari bо‘yicha shu kabi amaliyotni takomillashtirish, hamkorlikni kengaytirish va aliment tо‘lovini undirish bilan chegaralanib qolmasdan, oilalarni yarashtirish choralarini kо‘rish ijobiy natija berishiga shubha  yо‘q.


Ma’mur Safarov MIV Nishon tuman bо‘limi boshlig‘i о‘rinbosari

03-03-2019 |
Фото галерея