Qarshi tumanida joylashgan “LT Textile International” MCHJ xorijiy korxonasi viloyatda xitoylik hamkorlar ishtirokida birinchilar qatorida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan yirik to‘quvchilik korxonalaridan biri sanaladi.

Bu yerda ishlab chiqarilayotgan 85 foiz mahsulot chet davlatlarga eksport qilinadi. Korxona mahsulotlarining 60 foizi asosan Turkiya davlatiga eksport qilinmoqda. Bundan tashqari Yevropa va MDH davlatlari va boshqa ko‘plab xorijiy mamlakatlarga ham eksport yo‘lga qo‘yilgan.

Muloqot chog‘ida korxonaning yanada eksport salohiyatini mustahkamlash va oshirish, xomashyo bazasini muntazam kengaytirib borish, yangi ish o‘rinlari yaratilishi orqali tuman aholisi bandligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

18-09-2024 |
Фото галерея