Bugun Qarshi shahrining “Cho‘lquvar” mahallasida 432 xonadondan iborat 5 ta ko‘p qavatli uyni o‘z ichiga olgan, loyiha qiymati 110 mld. so‘mlik “Yashil zamin” turar-joy majmuasi foydalanishga topshirildi.
Yangi turar-joy majmuasida aholiga qulaylik yaratishga alohida e’tibor qaratilgan. Majmua hududida 4 ta favvora, bitta dekorativ sharshara, ikki qavatli bolalar o‘yingohi (uning pastki qismi avtoturargoh sifatida xizmat qiladi) va turli marosimlar uchun maxsus zal barpo etilgan. Shuningdek, aholi dam olishi uchun o‘rindiqlar o‘rnatilgan.
Turar-joy majmuasining ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Shu bilan birga, tadbirkor tomonidan ushbu majmuadagi 6 ta xonadon ehtiyojmand oilalarga beg‘araz taqdim etildi va ochilish marosimida ularga yangi uylarning kalitlari topshirilgan bo‘lsa, ehtiyojmand oilalarning 11 nafar farzandlariga sunnat to‘ylari ham o‘tkazib berildi.
Янгиликлар
16-03-2023
Xotin-qizlar bandligi taʼminlanmoqda06-03-2023
Rasmiy bayonot06-03-2023
Rasmiy xabar