Viloyat hokimi Murotjon Azimov, viloyat sektorlar va tashkilot rahbarlari ishtirokida Qarshi shahrida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda uy-joy, moddiy yordam, kommunal xizmat, bank xizmatlari, sog‘liqni saqlash, bandlik, yer ajratish, tadbirkorlik va boshqa masalalarga oid ko‘plab fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Qabul davomida barcha murojaatlar tegishlicha o‘rganildi, ko‘pchiligiga shu joyning o‘zida yechim topildi va vaqt talab etadigan murojaatlar tegishli tashkilotlar yordamida ularning ijrosini taʼminlashga qaratildi.
Bu kabi sayyor qabullar joylarda davom etadi. Shuningdek, tuman va shahar hokimliklari ham doimiy ravishda qabullar o‘tkazib bormoqda.
Янгиликлар
16-03-2023
Xotin-qizlar bandligi taʼminlanmoqda06-03-2023
Rasmiy bayonot06-03-2023
Rasmiy xabar