Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori о‘rinbosari Sodiqjon Alijonovich Berdialiyev Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul о‘tkazadi.
Xususan, joriy yilning 15 aprel kuni Byuroning Qarshi tuman bо‘limi binosida viloyatning Qarshi shahri, Qarshi, Kasbi, Mirishkor, Nishon, G‘uzor, Koson va Dehqonobod tumanlari aholisi uchun, 16 aprel kuni Byuroning Shahrisabz tuman bо‘limi binosida Byuroning Shahrisabz shahar, Shahrisabz, Kitob, Yakkabog‘, Chiroqchi, Qamashi va Muborak tumanlari aholisi uchun sayyor qabul о‘tkazadi.
Uchrashuvda Byuroning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi rahbariyati ham bevosita ishtirok etadi.
Tadbir davomida, aholi tomonidan о‘zlarini qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari kо‘riladi.
Ma’lumot uchun: Sayyor qabul soat 10:00 dan 16:00 ga qadar davom etadi.
MIB viloyat boshqarmasi
Matbuot xizmati
Янгиликлар
16-03-2023
Xotin-qizlar bandligi taʼminlanmoqda06-03-2023
Rasmiy bayonot06-03-2023
Rasmiy xabar