So'nggi yillarda yurtimizning qaysi hududiga qaramangki, keng ko'lamli qurilish, obodonlashtirish ishlari boshidan chiqasiz.

Jumladan, Kitob tumanida ham xuddi shunday bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.

Ayni vaqtda 4K-303 "Kitob-Miraki" avtomobil yo'lining 0-15 km larida joriy ta'mirlash ishlari boshlab yuborildi. Tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan olib borilayotgan mazkur yo'l qurilish loyihasining umumiy qiymati qariyb 14 milliard so'mni tashkil etadi va 15 km uzunlikda asfalt qoplamasi yotqiziladi.

20-09-2024 |
Фото галерея