Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yangi sport majmuasi – zamonaviy yopiq suzish inshooti, sun’iy qoplamali futbol maydoni, basketbol va tennis korti foydalanishga topshirildi deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Majmuaning ish boshlagani munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari va yoshlar ishtirok etdi.

Viloyatda yoshlar, ayollar va ayniqsa, bolalarni sportga jalb etish, ularning sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. 

– Yangi sport majmuasida sportchilar va murabbiylar uchun barcha sharoit yaratilgan, – deydi viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i S.Odilov – Bunday zamonaviy sharoitlarda toblangan yosh sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda yanada ulkan yutuqlarni qо‘lga kiritadi. 

Yangi sport majmuasida sportchilar va murabbiylar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bо‘lib, mazkur sport majmuasi uchun 6 milliard 874 million sо‘mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi. 

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Ruziyev hamda О‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiyevlar ishtirok etdi  va sо‘zga chiqdi .

 Suratlarni Murod Komilov olgan.

04-04-2019 |
Фото галерея