Viloyat axborot-resurs markazida 2 aprel - Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan  “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” mavzusidagi tadbir va kitoblar kо‘rgazmasi tashkil etildi.

Viloyat axborot-resurs markazi, viloyat qо‘g‘irchoq teatri, qator ta’lim muassasalari hamkorligida о‘tkazilgan tadbirda taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar, mahalla faollari, ota-onalar, о‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. Ochiq eshiklar kuni tarzida tashkil etilgan uchrashuvda  bolajonlar adabiyot olamiga sayohat qilishdi. Viloyat axborot-resurs markazida yaratilgan imkoniyatlar, darslik va badiiy adabiyotlar, ma’lumotlar bazasi, elektron resurslar bilan tanishishdi. О‘g‘il-qizlarimizning yetuk insonlar bо‘lib kamolga yetishi, о‘ziga munosib kasb tanlashida oiladagi kitobsevarlik muhitining ahamiyati, bolalarni kitob о‘qishga о‘rgatishda ota-onaning о‘rni xususida sо‘z bordi.

- Kitob - tarbiyaning eng ta’sirchan vositasi, - deydi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Jо‘rayev. – Mutolaaga oshno tutingan boladan yomonlik chiqmaydi. Farzanlarimizdagi kitobga mehr esa, avvalo, oilada kamol topadi. Ota-onalar farzandiga namuna, о‘rnak bо‘lishi lozim.

О‘quvchi-yoshlarning kitob haqidagi she’rlari, qо‘shiqlari, sahna chiqishlari, jozibali raqslari tadbirga yanada fayz kiritdi. 

Markazda badiiy kitoblar kо‘rgazma-savdosi ham tashkil etilib, unda ota-onalar qiziqarli kitoblar sotib olib, farzandlariga sovg‘a qilishdi. 

                     S.ALLAYOROVA

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

04-04-2019 |
Фото галерея