О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi PQ-3651-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Muborak tumanida  ham bir qancha maktabgacha ta’lim nodavlat muassasalari davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyati yо‘lga qо‘yildi.Jumladan joriy yilning 12 iyul kuni Muborak tuman “Yoshlik” maxallasida qad rostlagan «Jozibali ovoz-teremok» maktabgacha ta’lim nodavlat muassasasi о‘z faoliyatini boshladi.

Muassasa zamon talablariga mos ravishda 180 nafar bolalarga mо‘ljallangan.Barcha qulaylik va shart-sharoitlarga ega bо‘lgan muassasada farzandlarini tarbiya topishidan ota onalar ham juda  mamnunlar.Davlatimiz tomonidan  yosh avlodni sog‘lom tarbiya topishi, teran fikrlovchi va yetuk kadrlar bо‘lib yetishishida  beriliyotgan e’tibor cheksiz.Tumanimizda bо‘layotgan bunday о‘zgarishlarni kо‘rib kо‘z quvonadi.

                                                                Viloyat hokimligi axborot xizmati.

18-07-2019 |
Фото галерея