Ma’lumki, yо‘l transport hodisalari haydovchi yoki piyodalarning hushyorlikni yо‘qotishi, yо‘l qoidalariga amal qilmasligi natijasida sodir bо‘lib, og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Sо‘nggi vaqtlarda harbiy xizmatchilar ishtirokida ham bunday holatlar kuzatilayapti.

Shundan kelib chiqqan holda, tegishli vazirlik va tashkilotlar tomonidan harbiy qism va muassasalarda yо‘l harakati intizomini shakllantirish bо‘yicha tizimli ravishda targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Yaqinda ana shunday tadbirlardan biri Muborak tumanidagi harbiy qismda ham bо‘lib о‘tdi.

Unda tadbir qatnashchilariga harbiy xizmatchilar ishtirokida  sodir etilayotgan yо‘l transport hodisalari, ularning oqibatlari haqida ma’lumot berildi. Mutaxassislar tomonidan yо‘l harakati qoidalariga kiritilgan о‘zgarishlar, ularning о‘ziga xos jihatlari tushuntirildi.

- Bugun yо‘llarda qatnovning oshib borayotgani harakat ishtirokchilaridan  yanada ehtiyotkorlikni talab etadi, - deydi IIB IHXB xodimi serjant M.Qulbulov. - Shundan kelib chiqqan holda yо‘l harakati qoidalari ham doimiy ravishda yangilanib, takomillashtirilib borilmoqda.

Tadbir savol-javoblarga  boy bо‘ldi.

J.BOYMURODOV

 qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

29-03-2019 |
Фото галерея