О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Milliy gvardiya qо‘mondonligining qо‘shma qaroriga muvofiq, umumiy о‘rta ta’lim maktablarida harbiy-vatanparvarlik yо‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilib, 2018/2019 о‘quv yilidan boshlab о‘qishga qabul amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda ixtisoslashtirilgan sinflar respublikamizning har bir viloyatida 4 tadan bо‘lib, Qashqadaryo viloyati bо‘yicha Qarshi shahridagi 45-, Shahrisabz shahridagi 2-, Nishon tumanidagi 35- va G‘uzor tumanidagi 53-maktablarda tashkil etilgan. Respublika bо‘yicha har yili har bir ixtisoslashtirilgan sinfga 26 nafardan, jami 56 ta sinfga 1456 nafar о‘quvchi qabul qilinadi.

Harbiy-vatanparvarlik yо‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflarga umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfini muvaffaqiyatli yakunlagan, chuqurlashtirib о‘qitish belgilangan о‘quv fanlaridan muayyan qobiliyatini kо‘rsata olgan о‘quvchilar о‘qishga qabul qilinadi.

Tegishli fanlar bо‘yicha test hamda jismoniy tayyorgarlik sinovlari Xalq ta’limi vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan о‘tkaziladi. Ixtisoslashtirilgan sinflarga kirish uchun test sinovlari 60 daqiqa, jismoniy tayyorgarlik sinovlari 120 daqiqa davom etadi. О‘quvchilarning tanlovdagi kо‘rsatkichlari teng bо‘lib qolgan hollarda quyidagi nomzodlarga imtiyozlar beriladi: 6-sinf reyting ballari bо‘yicha kо‘rsatkichlari yuqori bо‘lgan bolalar; ota-onasining qaramog‘idan mahrum bо‘lgan bolalar; kam ta’minlangan oilalar farzandlari.

Ixtisoslashtirilgan sinflarga 2019/2020 о‘quv yili uchun navbatdagi qabul e’lon qilindi. Hujjatlar   1-20 iyul kunlari topshirilib, tanlov 5-20 avgust kunlari oralig‘ida о‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etish uchun о‘quvchilardan quyidagi hujjatlar talab qilinadi: ixtisoslashtirilgan sinf tashkil etilgan umumiy о‘rta ta’lim maktabi direktori nomiga ariza; tug‘ilganlik tо‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi; psixonevrologik, silga qarshi va teri-tanosil kasalliklari dispanserlari, elektrokardiografiya tekshiruvi (EKG) bо‘yicha tibbiy ma’lumotnomalar; 3x4 hajmdagi 6 ta fotosurat; fanlarni о‘zlashtirishi tо‘g‘risida о‘qish joyidan direktor tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma; о‘qish joyidan tavsifnoma; mahalla fuqarolar yig‘inidan tavsifnoma va ma’lumotnoma.

Ixtisoslashtirilgan sinflarga tanlovning yakuniy natijalari 5 kun ichida komissiya tomonidan e’lonlar taxtasiga osib qо‘yiladi. Tanlovni о‘tkazish jarayonidan norozi bо‘lgan о‘quvchilar va ularning ota-onalari amaldagi qonunchilikka muvofiq murojaat etishlari mumkin. Tanlovdan muvaffaqiyatli о‘tgan о‘quvchilar 25 avgustga qadar ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan umumiy о‘rta ta’lim maktabining direktori buyrug‘i asosida о‘quvchilar safiga kiritiladi.

Mazkur maktab bitiruvchilari kelgusida "Temurbeklar maktablari" va respublikamizdagi oliy harbiy ta’lim muassasalarida о‘qishi hamda kelajakda о‘qishni bitirgan ofitserlar О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilishi rejalashtirilgan. Bir sо‘z bilan aytganda, maqsad yoshlarimizni ilmli, sog‘lom, mard, vatanparvar, fidoyi, jismonan va ma’naviy yutuk inson qilib tarbiyalashga qaratilgan.

Abdishukur OMONOV,

huquqshunos

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida 

 

18-07-2019 |
Фото галерея