Tuman hokimligi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari Qashqadaryo viloyati filiali mutaxassislari va tuman tibbiyot birlashmasi, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining 21 nafar malakali mutaxassislari tomonidan 485 nafar fuqaroga 14 turdagi tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi.
Kasallik aniqlangan bemorlardan 1 nafari Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga, 6 nafari viloyat filiallariga, 15 nafari tuman Markaziy shifoxonada statsionar davolanishi uchun yo‘llanma berilgan bo‘lsa, 234 nafar fuqarolarga ambulator sharoitda davolanishi uchun tavsiyalar berildi.
Янгиликлар
16-03-2023
Xotin-qizlar bandligi taʼminlanmoqda06-03-2023
Rasmiy bayonot06-03-2023
Rasmiy xabar