5-7 avgust kunlari О‘zbekiston futbol assosiatsiyasi huzuridagi Qashqadaryo viloyat bolalar-о‘smirlar futbol akademiyasida yangi о‘quv yiliga nomzodlarni qabul qilish imtihonlari bо‘lib о‘tdi.

Unda 2008 yilda tug‘ilgan 88 nafar nomzod 22 о‘rin uchun kurash olib bordi.

- Bugun mamlakatimizda futbolni rivojlantirish borasida juda katta ishlar olib borilmoqda, - deydi viloyat bolalar-о‘smirlar futbol akademiyasi direktori о‘rinbosari Shavkat Rо‘ziyev. – Bunda eng asosiy e’tibor bolalar futboliga qaratilgan. Shu bois futbol akademiyasiga nomzodlarni saralab olish bir necha bosqichdan iborat sinovlar asosida amalga oshirilmoqda. Jumladan, qabul imtihonlarining adolatli va shaffof о‘tkazilishi alohida nazoratga olinib, uni viloyatimizdagi futbol mutaxassislari bilan bir qatorda, О‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbolni rivojlantirish departamenti rahbariyati hamda ota-onalar kuzatib bordi.

Sinov imtihonlari davomida yosh futbolchilar о‘zlarining individual, texnik va taktik mahoratlarininamoyish etishdi.  Ulardan eng munosib deb topilgan nomzodlar joriy о‘quv yilini viloyat bolalar-о‘smirlar futbol akademiyasida boshlaydigan bо‘lishdi.

09-08-2019 |
Фото галерея