Joriy yilning 6 iyul kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan istirohat bog‘larida, dam olish maydonlarida aholi vakillari, tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida viloyatda Olimpiya harakatini rivojlantirish, Olimpiya turlarini keng targ‘ib qilish, yoshlarni Olimpiya sport turlariga jalb etish, aholi о‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida, “Xalqaro olimpiya kuni”ga bag‘ishlab erta tongdan ertalabki badanatarbiya mashg‘ulotlari о‘tkazildi.

Shuningdek, viloyatimizning barcha tuman (shahar)larida bо‘lgani kabi Qarshi shahrida ham “Xalqaro olimpiya kuni”ga bag‘ishlab sportning futbol, voleybol, basketbol, shaxmat-shashka, stol tennisi hamda yengil atletika turlari bо‘yicha “Xalq sayli” umummilliy sport musobaqalari ertalab soat 08:00 dan 08 minut 08 sekund о‘tganda yuqori kayfiyatda start oldi. Mazkur “Xalq sayli” umummilliy sport musobaqalarida 90000 (shundan 32000 nafari qizlar) nafardan ortiq yoshlar ishtirok etishdi va sportda ham о‘z omadlarini sinovdan о‘tkazishdi.

Shundan sо‘ng “Xalq sayli” umummilliy sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Qarshi shahrida joylashgan “Geolog” sog‘lomlashtirish sport majmuasi stadionida kechki soat 19:00 dan 07 minut 07 sekund о‘tganda xalqimiz sevgan sanatkorlar ishtirokida gala konsert dasturi boshlandi va musobaqa g‘olib sovrindorlari viloyat hokimligi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

           Suratlarni Murod Komilov olgan.

Viloyat hokimligi axborot xizmati.

07-07-2019 |
Фото галерея