Dehqonobod tumani “Beshbuloq” mahalla fuqarolar yig‘inida viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i R.Nasimov va tuman hokimi Z.Aliqulovlar ishtirokida sayyor qabul о‘tkazildi.

Qabulda turli masala va muammolar yuzasidan oltmishdan ortiq murojaatlar tinglandi. 12 nafar murojaatchilarning masalasini joyida hal etilgan bо‘lsa, qolgan murojaatlar ijrosi yuzasidan mas’ullar biriktirilib, aniq muddatlar belgilandi.

Tumandagi asosiy muammolardan biri ishsizlik bо‘lsa, yana biri sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq ekanligini kelib tushgan murojaatlardan ham bilish mumkin. Ushbu jihatlarni e’tiborga olgan xolda, tumanda tadbirokrlikni rivojlantirish va yoshlarni kasb-hunarga о‘rgatish orqali ishsizlikni oldini olish hamda sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligiga yо‘l qо‘yilayotgan kamchiliklar yuzasidan axborot xati yuborishga kelishib olindi. 

Shuningdek, qabul davomida imkoniyati cheklangan fuqarolarga nogironlik aravachalari, yurish moslamalari topshirildi.

         Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati.

09-08-2019 |
Фото галерея