Fuqarolik ishlari bо‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudi tomonidan 2017 yil 9 fevralda da’vogar Salima Jо‘rayeva (ism-familiyalar о‘zgartirilgan) foydasiga Hasan Rashidovdan  aliment undirish belgilangan. Biroq mas’uliyatini unutgan ota shu kunga qadar biror marta bо‘lsin aliment tо‘lamagan.

Natijada byuroning Shahrisabz tumani bо‘limi xodimlari tomonidan ushbu fuqaroga tegishli “Damas” avtomobili xatlandi. Ertasi kuni fuqaro alimentdan bо‘lgan jami 8 million 752 ming sо‘m qarzini, shuningdek, Shahrisabz tuman IIB YHXB ma’muriy qaroriga asosan belgilangan jarimalarni tо‘liq tо‘lab berdi. Sо‘ng mashina egasiga qaytarildi.

Otaning imkoni bor ekan, о‘z farzandlarining kamolga yetishiga zarur pulni nega shu paytgacha bermay kelganiga hayron qolasan kishi.

Gulnoza DILMURODOVA,

Majburiy ijro byurosi

viloyat boshqarmasi katta inspektori

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

04-04-2019 |
Фото галерея