Shahrisabz tuman hokimi Samad Hasanov oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ekilgan sabzavot mahsulotlarining ayni paytdagi holatini o‘rgandi.

“Xalqobod” mahallasida 20 gektar maydonga 40 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlanib, pomidor ekilgan edi. Bugun ushbu hosillar o‘zining foydasini bera boshladi.

–  Bir kunda 3-3,5 million so‘mlik pomidor sotyapmiz, – deydi “Xalqobod” mahallasida yashovchi Nargiza Shukurova. – Ikki o‘g‘lim 40 sotixdan 80 sotixga pomidor ekdi. O‘tgan yili daromadidan “Damas” avtomobilini sotib oldik. Bu yil esa uy quryapmiz.

Tuman hokimi pomidor yetishtirish hadisini yaxshi o‘zlashtirgan xalqobodlik dehqonlar bilan uchrashib, kelgusida yengil konstruksiyali zamonaviy savdo rastasi qurish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib o‘tdi.

13-09-2024 |
Фото галерея