Keyingi vaqtlarda mamlakatimizda qulay va jozibador biznes muhiti shakllantirish uchun keng kо‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, xususiy mulkni daxlsizligi ta’minlash qо‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ruxsat berish tartib-taomillari yanada soddalashtirildi shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bо‘yicha mutasaddi davlat organlari va tashkilotlari tashkil qilindi.

Ma’lumki, 2017 yilda tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bо‘yicha vakil, ya’ni “Biznes-ombudsman” faoliyati yо‘lga qо‘yilgan edi.

О‘tgan qisqa davr ichida “Biznes-ombudsman” tadbirkorlik subyektlari bilan davlat organlari о‘rtasida samarali muloqatni tashkil qilish bilan birga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarni himoya qilish borasida bir qancha ijobiy ishlarni amalga oshirildi.

Joriy yilning 15 martida Prezidentimiz tomonidan “Biznes-ombudsman” faoliyatiga takomillashtirishga qaratilgan Farmon qabul qilindi.

Qabul qilingan Farmonga muvofiq “Biznes-ombudsman”ga qо‘shimcha huquq va vakolatlar berish bilan birga, uning joylarda faoliyat yuritadigan xodimlari tashkil qilindi.

Hozirgi kunda Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bо‘yicha vakil devoni xodimlari tomonidan quyidagi vakolat va funksiyalardan foydalangan holda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinmoqda.

a) murojaatlarni kо‘rib chiqish orqali

Hozirgi kunda Biznes-ombudsmanning viloyatdagi xodimlari tomonidan 20 dan ortiq tadbirkorlik subyektlarining murojaati kо‘rib chiqilib, ularning aksariyati qanoatlantirildi.

b) tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida davlat nazoratini amalga oshiruvchi nazorat qiluvchi organlarda huquqni qо‘llash amaliyoti yagonaligini ta’minlash orqali.

Ta’kidlash lozimki, bu borada о‘tkazilgan tahlillar nazorat qiluvchi organlar faoliyatida huquqni qо‘llash amaliyotini bilan bog‘liq bir qator qonun buzilish holatlari mavjudligini kо‘rsatdi.

Misol uchun, asossiz tartibda tadbirkorlik subyektlarini ma’muriy javobgarlikka tortish  yoki faoliyatida monitoringlar о‘tkazishda talablarga rioya qilmaslik va hokazo.

Bu borada aniqlangan qonun buzilish holatini bartaraf etish yuzasidan nazorat qiluvchi organlarga tegishli kо‘rsatmalar berildi.

v)amaldagi qonun hujjatlarini tahlil qilish orqali.

Hozirgi kunda qadar tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun qiyinchilik va noqulayliklar tug‘diradigan 20 dan ortiq qonun hujjatlari normalari tahlil qilinib, ularning bartaraf etish bо‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Xulosa о‘rnida ta’kidlash lozimki, tadbirkorlik subyektlari huquq va manfaatlarini ishonchli himoyasi mamlakatda qulay va jozibador biznes muhitining asosiy omilidir.

 

Shodiyev Sheroz Samandarovich

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bо‘yicha vakil devoni yetakchi inspektori.

 

18-07-2019 |
Фото галерея