Viloyat hokimligi va viloyat Xalq qabulxonasi hamkorligidagi navbatdagi sayyor qabul Nishon tumanida bо‘lib о‘tdi.

Ma’lumki, bugun mamlakatimizda aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirish, ayniqsa, chekka va olis hududlarda yashayotgan fuqarolar holidan xabar olish, muammolarini joyida hal etish, odamlarda adolatga, davlatga ishonchni mustahkamlash va ularni hayotdan rozi qilish davlat idoralari, rahbarlar oldidagi eng ustuvor vazifaga aylandi. Shunga muvofiq, tashkil etilayotgan sayyor qabullarda odamlarni qiynab kelayotgan kо‘plab muammolar tinglanib, ularni hal etish choralari kо‘rilmoqda.

Nishon tumani aholisi hokimiyat va boshqaruv organlari vakillaridan asosan uy-joy, yer, ichki yо‘llarni ta’mirlash, bandlik, tadbirkorlik, kredit olish kabi masalalarda yordam sо‘radi. Shu bilan bir qatorda, shaxsiy va umum manfaatiga xizmat qiladigan qator murojaatlar ham tinglandi.

Sayyor qabul davomida 77 murojaat qabul qilinib,  34 tasi joyida hal qilinib, 8 tasi bо‘yicha tegishli tushuntirish berildi, 35 ta masala о‘rganish va ijroga yо‘naltirilib, kо‘rib chiqilishi nazoratga olindi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida 8 nafar fuqaro kadastr hujjatlari, 7 kishi fuqarolik pasportlariga ega bо‘ldi. 5 nafar  nogironligi bо‘lgan fuqarolarga nogironlik aravachasi, tayanch vositalari hamda bir qancha kishilarga davolanish uchun yо‘llanmalar taqdim etildi.

Sayyor qabulda ayrim qishloqlarida transformator о‘rnatib berish, poliklinika  faoliyatini yо‘lga qо‘yish, maktabgacha ta’lim muassasasi qurish, maktablarni ta’mirlash kabi umum manfaaatiga xizmat qiladigan takliflar bilan bir qatorda о‘zaro kelisha olmagan qaynona - kelin janjali yoxud uy-joyini ta’mirlab berish, xullas, fuqaroning о‘zi ozgina harakat qilsa, yechimi topiladigan masalalar bо‘yicha ham murojaatlar qabul qilindi.

Bunday sayyor qabullar joylarda davom etmoqda.

Suratlarni Murod  Komilov olgan.

                                                                                         Viloyat hokimligi  axborot xizmati.

28-07-2019 |
Фото галерея