О‘zbekiston davlat  konservatoriyasida ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlari, akademik litseylari yosh ijrochilarining Respublika tanlovi bо‘lib о‘tdi.

Ushbu tadbir har ikki yilda bir marta о‘quvchi-yoshlarni musiqa san’atining yuksak namunalari asosida tarbiyalash, о‘zaro tajriba almashish, ijrochilik mahoratini oshirish, iqtidorli yoshlarni kashf etish va qо‘llab-quvvatlash maqsadida an’aviy tarzda о‘tkazib kelinmoqda.

Bu yil ham tanlovga qiziqish har qachongidan yuqori bо‘ldi, deyish mumkin. Respublika bosqichida о‘n kun davomida kо‘plab iste’dodli yoshlar “An’anaviy cholg‘u”, “Teatr san’ati”, “Estrada-vokal”, “Folklor”, “Xoreografiya”, “Damli va zarbli cholg‘ular (akademik yо‘nalish)”, “Estrada ijrochiligi”, “An’anaviy xonandalik”, “Akademik xonandalik”, “Torli cholg‘ular”, “Fortepiano” yо‘nalishlari bо‘yicha о‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabining iqtidorli о‘quvchilari ham mazkur tanlovda faol ishtirok etishdi. Barcha yо‘nalishlarda  jami 45 nafar nafar yosh qatnashib, hakamlar va san’at ixlosmandlarining e’tirofiga sazovor bо‘lishdi. E’tiborlisi, yakunda ikki nafar о‘quvchi о‘z yо‘nalishida tengsiz deb topilgan bо‘lsa, yana 15 nafari tanlovda yuqori о‘rinlarni egallashdi.

- Tanbur chalishni о‘rganganimga endi ikki yil bо‘ldi, - deydi “An’anaviy cholg‘u” yо‘nalishida birinchi о‘rin egasi Asilbek Naimov. – О‘tgan davrda ustozlarim kо‘magida mahoratimni oshirdim, о‘z ustimda tinmay ishladim. Bu esa nufuzli tanlovda menga juda qо‘l keldi. Sevimli musiqa asbobimda maqom, sarahbori dugoh, Turg‘un Alimatovning “Rohat” singari kuylarini maromida ijro etishga harakat qildim. 3 tur natijalariga kо‘ra, eng yaxshi deb topishdi. Shu bilan О‘zbekiston davlat  konservatoriyasida imtiyozli asosda о‘qishga kirish imkoniyatiga ega bо‘ldim.

 

 

Qayd etish joiz, Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi kо‘plab iste’dodli yoshlarni tarbiyalab berayapti. Ayni paytda ushbu ta’lim muassasasida 600 nafardan ziyod о‘quvchi tahsil oladi. Bu yerda ularga fortepiano, torli, puflama va zarbli, xalq va an’anaviy, estrada cholg‘uchiligi, an’anaviy, akademik va estrada xonandaligi, xor dirijyorligi, teatr va tasviriy san’at, raqs singari kо‘plab yо‘nalishlar bо‘yicha ta’lim berilmoqda.

M.SHUHRATOV

Suratda: “Yosh ijrochilar” respublika

tanlovi g‘olib va sovrindorlari.

Sobir NARZIYEV olgan surat.

 

                                                     Qashqadaryogz.uz ma’lumotolari asosida

 

 

 

26-06-2019 |
Фото галерея