Nishon tumanida "Yosh chegarachilar" harbiy-vatanparvarlik musobaqasining tuman bosqichi bо‘lib о‘tdi. Unda tumandagi kasb-hunar kollejlari va maktablarda tahsil olayotgan о‘quvchilardan tuzilgan 5 ta jamoa о‘zaro bahs olib bordi.

Ma’lumki, "Yosh chegarachilar" harbiy-vatanparvarlik musobaqasi mamlakatimizda 2011 yildan buyon an’anaviy ravishda о‘tkazib kelinmoqda, - deydi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qо‘shinlari harbiy qism bо‘linma boshlig‘i, mayor Aybek Dauletmuratov. - Mazkur musobaqa mamlakatimizning chegaraoldi tumanlarida joylashgan chaqiruv yoshidagi о‘quvchilarni Vatanga muhabbat, harbiy burchga sadoqat ruhida tarbiyalash, chegara xizmatiga bosqichma-bosqich tayyorlab borish kabi maqsadlarni kо‘zlaydi.

Musobaqaning Nishon tumani bosqichida ham jamoalar saf tortish, safda qо‘shiq aytib yurish, yugurish, turnikka tortilish borasidagi mahoratini, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy, harbiy sohaga oid bilimlarini namoyish etdi. Ular kо‘rsatgan natijalar hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

Yakuniy natijalarga kо‘ra, Nishon transport va servis kasb-hunar kollejining "Sergaklar" jamoasi uchinchi, 24-sonli о‘rta maktabning "Qalqon" jamoasi ikkinchi о‘rinni qо‘lga kiritdi.

Tumandagi 13-sonli о‘rta maktabning "Amir Temur  izdoshlari" jamoasi esa mutlaq g‘olib bо‘lib, musobaqaning viloyat bosqichiga yо‘llanmani qо‘lga kiritdi.

Musobaqa g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sobir NARZIYEV

Suratda: tadbirdan lavha.

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

04-04-2019 |
Фото галерея