Sirdaryo viloyatida belbog‘li kurash bо‘yicha О‘zbekiston kubogi musobaqasi bо‘lib о‘tdi.

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan 250 nafardan ziyod 2005-2006 yillarda tug‘ilgan о‘g‘il bolalar va qizlar gilamga chiqishdi.

О‘g‘il bolalar erkin va klassik yо‘nalishlarda 11 vazn toifasida bellashgan bо‘lsa, qizlar erkin yо‘nalishda 7 ta vazn toifasida g‘olib uchun bahs olib bordi.

Yakuniy natijalarga kо‘ra, jami 18 nafar о‘g‘il-qiz shohsupaning yuqori pog‘onasiga kо‘tarildi. Ular orasida viloyatimizdan ham bir nafar sportchi bor.

Qizlar о‘rtasida 52 kilogram  vazn toifasida gilamga chiqqan vakilimiz Marjona Kо‘chimova barcha raqiblarini ortda qoldirib, birinchi о‘rinni qо‘lga kiritgan.

J.BOYMURODOV

Qashqadaryogz.uz  ma’lumotlari asosida

 

04-07-2019 |
Фото галерея