О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish hamda jamiyat hayotini ijobiy tomonga о‘zgartira olgan tashabbuslar haqidagi fikrlarni о‘rganish maqsadida «Yuksalish» umummilliy harakati tomonidan ekspertlik sо‘rovi о‘tkazildi.

Buning uchun tajribali iqtisodchilar, siyosiy sharhlovchilar, yetuk olimlar, madaniyat arboblari, nufuzli jurnalistlar, huquq himoyachilari hamda mustaqil tadqiqotchilardan iborat 100 nafar mahalliy va xorijiy ekspertlar bazasi shakllantirildi.

Turli soha mutaxassislariga О‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilgan muhim tashabbuslar rо‘yxati taqdim etilib, ulardan fuqarolar olqishiga sazovor bо‘lgan va tarixiy ahamiyatga ega bо‘lganlarini belgilash sо‘raldi.

Sо‘rov natijasiga kо‘ra, mustaqil ekspertlar tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyevning tarixiy ahamiyatga ega bо‘lgan TOP-10 ta eng muhim tashabbuslari rо‘yxati tuzildi.

Unga kо‘ra, eng muhim tashabbus deya yaxshi qо‘shnichilik munosabatlari, chegaralarning ochilishi va nazorat-kiritish punktlarining tashkil etilishi, Markaziy Osiyo davlatlari bilan barcha masalalar bо‘yicha konstruktiv muloqot о‘rnatilganie’tirof etildi — 96 ta ovoz;

Rо‘yxatning keyingi о‘rinlaridan quyidagi tashabbuslar joy oldi:

Valyuta bozorining erkinlashtirilishi, naqd pul bilan bog‘liq muammolarning bartaraf etilishi — 90 ta ovoz;

Majburiy mehnat, shu jumladan bolalar mehnatiga barham berilishi — 79 ta ovoz;

Oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi, milliy va xorijiy universitetlar filiallarining ochilishi — 78 ta ovoz;

Ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi, muhim hukumat qarorlari qabul qilinishidagi rolining oshirilishi — 69 ta ovoz;

Prezidentning Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalarining joriy etilishi — 63 ta ovoz;

Huquqni muhofaza qilish organlari va qurolli kuchlar tizimini isloh qilinishi — 61 ta ovoz;

Soliq islohotlari, tadbirkorlik sub’ektlari uchun soliq yukining kamaytirilishi, tadbirkorlar uchun soliq ta’tilining e’lon qilinishi — 59 ta ovoz;

Davlat xizmatlari tizimini rivojlantirish, ularning sifati va samaradorligini bosqichma-bosqich oshirish — 58 ta ovoz;

Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlanishi bо‘yicha chora-tadbirlar, Afg‘onistonda tinchlik о‘rnatish bо‘yicha xalqaro muloqotning kuchaytirilishi — 57 ta ovoz.

Sо‘rov davomida, shuningdek ekspertlar О‘zbekistondagi tub о‘zgarishlarga munosabatlari va islohotlarni yanada jadallashtirish bо‘yicha takliflarini ham yozib qoldirdilar.

Jumladan, ularning fikricha, bugungi kunda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari hamda О‘zbekistondagi transformatsiya jarayonlari nafaqat о‘zbek xalqi, balki Markaziy Osiyo davlatlariga ham ijobiy ta’sir kо‘rsatmoqda.

 

                                                               Daryo.uz ma’lumotlari asosida

25-07-2019 |
Фото галерея