Ijro tartibini yanada soddalashtirish, sud va boshqa organlar hujjatlarining sо‘zsiz va о‘z vaqtida ijro etilishi, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini samarali himoya qilish hamda ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olishga qaratilgan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq, 2019 yil 1 apreldan sud va boshqa organlar aktlarini majburiy ijro qilish jarayoniga mediatsiya instituti joriy qilinmoqda.

Mediatsiya – kelib chiqqan nizoni taraflar о‘zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator kо‘magida hal qilish usuli bо‘lib, mediatsiya amalga oshirilayotgan paytda ijro ishi 15 kundan kо‘p bо‘lmagan muddatga tо‘xtatib turiladi. Bunda tomonlar о‘rtasida ijro predmetiga doir kelishuv rasmiylashtirilgan hollarda ijro ishi yuritish tugatiladi.

Shuningdek, qarorda ijro jarayoni bilan bog‘liq muddatlar ham aniq kо‘rsatildi. Masalan, 2019 yil 1 iyundan boshlab ijro ishini qо‘zg‘atish masalasi bir ish kuni davomida kо‘rib chiqilishi, ijro harakatlariga tо‘sqinlik qiluvchi holatlar mavjud bо‘lganda, ijro qarzdorning arizasi yoki davlat ijrochisining tashabbusiga kо‘ra faqat ikki marotaba kechiktirilishi mumkinligi yoki ijro ishidagi tushunmovchiliklarni aniqlash uchun davlat ijrochisi tomonidan tayinlangan mutaxassis qarori bilan tanishgandan sо‘ng uzog‘i bilan 15 ish kuni davomida yozma xulosa berish shartligi belgilangan.

N.XО‘JAYEV

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

04-04-2019 |
Фото галерея