Qarshi shahridagi “Dinamo” о‘yingohida viloyat yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari о‘rtasida sportning voleybol turi bо‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi о‘tkazildi.
Soha xodimlari о‘rtasida sportni ommalashtirish, ularning jismoniy tayyorgarligini oshirib borish maqsadida tashkil etilgan musobaqada viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi hamda uning shahar va tuman bо‘limlari, bо‘linmalari sharafini himoya etuvchi 10 ta jamoa ishtirok etdi. Ularga О‘zbekiston Respublikasi voleybol federatsiyasining tajribali mutaxassislari hakamlik qilishdi.
Yakuniy natijalarga kо‘ra, “SHо‘rtanneftgaz” MCHJ YOXB jamoasi 3-о‘rinni qо‘lga kiritgan bо‘lsa, Koson tumani о‘t о‘chiruvchilari shohsо‘paning ikkinchi pog‘onasidan joy egalladi. 1-о‘rin esa viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi jamoasiga nasib etdi.
Shuningdek, musobaqada faol о‘yin kо‘rsatgan yana bir qancha xodimlar turli nominatsiyalar bо‘yicha e’tirof etildi.
G‘olib va sovrindorlar diplom, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Sherzod KELDIYEV,
viloyati YOXB KB boshlig‘i, mayor
Suratlarda: musobaqadan lavhalar
Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida
Янгиликлар
16-03-2023
Xotin-qizlar bandligi taʼminlanmoqda06-03-2023
Rasmiy bayonot06-03-2023
Rasmiy xabar