Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan eng olis va og‘ir hududlarda “Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” mezonlarini joriy etishga qaratilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini olib bormoqda.

Dasturga muvoffiq “qizil” toifadagi mahallalarda aholi muammolarini hal etish, ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash, ko‘makka muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, joylarda sog‘lom ma’naviy-ma’rifiy muhitni shakllantirish kabi qator maqsadlar ko‘zda tutilgan.

Jumladan, mazkur dastur doirasida viloyat Prokuraturasi tomonidan Kasbi tumani 2-sektorga qarashli Obod Neko‘z mahalla fuqarolar yig‘inida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Obodlik ostonadan boshlanadi degan naqlning amaldagi isboti mahallada o‘z aksini topdi. Birinchi navbatda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va uning jamoasi uchun munosib sharoitlar hozirlandi. “Obod mahalla” mezonlari asosida mahallada 10 ga yaqin yangi ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirildi.

Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov va viloyat prokurori “Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” mezonlari asosida yangi qiyofa kasb etgan "Obod Neko‘z" mahallasida bo‘lib, tantanali ochilish marosimida ishtirok etishdi.

- "Oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash, asriy an’analar, milliy qadriyatlarni munosib davom ettirish avlodlarga to‘la-to‘kis yetkazish borasidagi xayrli ishlar har bir inson qalbida bugungi kunga shukronalik, ko‘tarinki kayfiyat va quvonch bag‘ishlaydi." - dedi viloyat hokimi M.Azimov.

Amalga oshirilayotgan bu kabi xayrli ishlarning natijasini odamlarning yuz ko‘zida, jajji bolajonlarning shirin kelgusida ko‘rish mumkin. Xalqni rozi qilish, insonning qadr-qimmatini oshirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar islohotlarning eng oliy maqsadidir.

26-06-2024 |
Foto galereya