Qashqadaryo viloyat hokimligi, Qarshi shahar hokimligi hamda viloyat Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida vohamiz markazida joylashgan A.Navoiy istirohat bog‘ida "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.

Mehnat yarmarkasida viloyatdagi 64 dan ortiq davlat va nodavlat korxona hamda tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari va chet elning nufuzli kompaniyalari o‘zlaridagi 300 dan ziyod yo‘nalishlar bo'yicha 30 000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Jumladan, "Artel" kompaniyasi 500 nafar, "Osmon guli" MCHJ shaklidagi tikuv-trikotaj qo‘shma korxonasi 600 bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad mahallalardagi otaliqqa olingan yoshlar bandligi va daromadlarini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar bandligini ta’minlashdan iborat.

Mehnat yarmarkasida ishtirok etgan viloyat hokimi Murotjon Azimov bu kabi keng miqyosdagi mehnat yarmarkalarini doimiy va tez-tez o'tkazib turish bo'yicha mas'ullarga qo'shimcha topshiriqlar berdi.

Fotolavhalar: https://t.me/qvh_axboroti/24782 

11-07-2024 |
Foto galereya