Viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i J.Fayzullayev vohamizda xorijiy investitsiya mablag‘lari hisobidan bunyod etilayotgan korxonalarga tashrif buyurib, u yerdagi mavjud muammo va takliflarni o‘rgangan holda ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, mazkur yo‘nalishdagi navbatdagi manzil Nishon tumanida “Aksa Enerji Talimarjon“ MChJ XK tomonidan qurilayotgan quvvati 400 MV bo‘lgan “Gaz porshenli elektr stansiyasini qurish” loyihasi bo‘ldi.

Loyiha qiymati 300 mln. AQSH dollarini tashkil etadigan ushbu korxonada yiliga 3500 mln. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Ahamiyatlisi, korxona ishga tushirilishi natijasida 200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Uchrashuvda loyiha tashabbuskori bilan suhbatlashildi. Qurilish va montaj ishlarini o‘z muddatida amalga oshirish, uskunalarni o‘rnatish hamda ishga tushirish to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, loyiha qurilishi bojxona tomonidan doimiy e’tiborga olinganligi, import asosida olib kelinayotgan uskuna va jixozlar tezkorlik va bojxonada yaratilgan yengilliklar asosida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazib berilayotganligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, kelgusidagi vazifalar, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar hamda ularning yechimi haqida o‘zaro ma’lumotlar almashildi.

01-08-2024 |
Foto galereya