Viloyat hokimi Murotjon Azimov topshirig‘iga ko‘ra, viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari tomonidan hududda xavfsiz muhitni yaratish va krimenogen vaziyatni yaxshilash borasida Qarshi shahar va Qarshi tumani mahalla yettiligi a’zolari bilan suhbat o‘tkazildi va mahallarda jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish, hududda sodir etilgan jinoyatlarning sabablarini aniqlash yoshlarni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish, ularning bandligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda bu boradagi faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, ayniqsa og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etilish sabab va omillarini aniqlab, bartaraf qilishda mahallaning tutgan o‘rni juda muhimligi ta’kidlab o‘tildi.

Shu bilan birga, shaharda tungi vaqtlarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olish, jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida viloyat IIB sohaviy xizmatlari va Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlariga “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbiri oldidan yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Yo‘riqnomada xodimlarga xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy amal qilgan holda xizmat olib borishlarini ta’kidlanib, fuqarolarning tinchligi, shahar osoyishtaligi, jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida aniq topshiriqlar berildi.

28-05-2024 |
Foto galereya