Voha ahli va futbol ishqibozlari bir joyda jam bo‘lishdi. Ma’lumki, “Nasaf” futbol jamoasi o‘zining g‘alabasi bilan O‘zbekiston Superkubogini uchinchi marotaba Qashqadaryoga olib keldi. Shu munosabat bilan Qarshi shahridagi “Markaziy” o‘yingohda katta gala-konsert dasturi namoyish qilindi.

Tadbir davomida viloyat rahbari Murotjon Azimov jamoani zafar bilan qutlab, o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi va kubokni futbolchilar ishtirokida boshlari uzra ko‘tardi. Shuningdek, viloyat hokimi mazkur g‘alabani viloyat futboli tarixidagi yirik voqeliklardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Maydonni qaynoq atmosferaga to‘ldirib turgan tomoshabinlarga poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar Jahongir Poziljonov, Lola Ahmedova, Sardor Mamadaliyev hamda boshlovchi Ahror Qo‘shmatov xush kayfiyat ulashdi.

Ma’lumot o‘rnida, “Nasaf” futbol jamoasi 2016-yilgi, 2023-yilgi va 2024-yilgi O‘zbekiston Superkubogi sohibi hisoblanadi.

Fotolavhalar: https://t.me/qvh_axboroti/23405 

01-06-2024 |
Foto galereya