So‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan aholi bandligini taʼminlash va ularning daromad manbalarini oshirish maqsadida bu omillarning asosiy poydevori hisoblangan tadbirkorlik sohasini keng faoliyatga qo‘yish maqsadida, tadbirkorlarga ko‘plab yengillik va imtiyozlar berilgan holda joylarda ularning muammolari tizimli ravishda o‘rganilib, o‘z yechimini topib bormoqda.

Jumladan, viloyat hokimi Murotjon Azimov ham prezidentimizning bu boradagi islohotlariga labbay deya javob bergan holda har haftaning shanba kunlarini "Tadbirkorlar qabuli kuni" deb eʼlon qilgani ham vohamiz ishbilarmonlari uchun yana-da quvonarli hol bo‘ldi.

Shu bois, bugun ham Qarshi shahridagi "Maʼnaviyat maskani"da navbatdagi tadbirkorlar qabuli o‘tkazilib, unda viloyat hokimi boshchiligidagi sektorlar va barcha masʼul tashkilot rahbarlari ishbilarmonlarning muammolariga quloq tutdi, takliflarini tingladi.

Fotolavhalar: https://t.me/qvh_axboroti/23723?single 

08-06-2024 |
Foto galereya