Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 2024-yilning iyun oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 356 ming 992 nafar pensiya oluvchilar uchun talab etilgan 443,6 mlrd so’m miqdoridagi mablag‘lar tijorat banklariga o'tkazib berildi.

Aytish kerakki, pensiyalarni bank kartalari orqali oluvchi fuqarolarning bank kartalariga jami 328,4 mlrd so’m mablag‘lar to‘liq yuklab berilishi ta’minlanmoqda.

Pensiya pullarini naqd pulda oluvchilarga grafik asosida tarqatish uchun tijorat bankiga 115,2 mlrd so'm mablag' moliyalashtirib berildi.

Bugungi kunda viloyatimizda pensiya to'lovlarining 76 foizi bank kartalari orqali, 24 foizi esa naqd shaklda amalga oshirilmoqda.

Eslatib o'tamiz, belgilangan tartibga ko'ra tulovlarni bank kartasi orqali oluvchilarga pensiya miqdorining 1 foizi miqdorida qo'shimcha pul mablag'i to'lab beriladi.

Murojaat uchun telefon: 787710457

04-06-2024 |
Foto galereya