Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ularning barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishishlarini taʼminlash maqsadida barcha sohalarda, xususan sport yo‘nalishida ham keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Jumladan, bu boradagi ishlarning uzviy davomi sifatida Qashqadaryoda viloyat hokimi Murotjon Azimov tashabbusi bilan joriy yil vohamizda ilk bor umumiy o‘rta taʼlim maktab o‘quvchilari o‘rtasida viloyat hokimi kubogi uchun “Maktablar ligasi” sport musobaqalari o‘tkazildi.

Shu bois, 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni doirasida Qarshi shahridagi Prezident maktabida musobaqa g‘oliblarini tantanali ravishda taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari va faxriylar ishtirok etishib, g‘olib-sovrindor jamoa hamda yakkalik ishtirokchilarga qimmatbaho estalik sovg‘alari, diplom va kuboglar topshirildi.

Maʼlumot uchun, ushbu musobaqalarning maktab bosqichida 250 ming nafardan ortiq, sektor bosqichlarida 50 ming nafarga yaqin, tuman va shahar bosqichlarida esa 3 ming nafardan ortiq o‘g‘il-qizlar ishtirok etishgan bo‘lsa yakuniy viloyat bosqichida qatnashgan 768 nafar o‘quvchining 150 nafari g‘oliblar qatoridan joy oldi.

Fotolavhalar: https://t.me/qvh_axboroti/23475 

03-06-2024 |
Foto galereya