Viloyat hokimi Murotjon Azimov rahbarligida tumandagi "Amir Temur" oromgohida qishloq xo‘jaligi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish, suv tejamkorligi, dala madaniyati, takroriy ekin, g‘alla yig‘im-terim mavsumi hamda boshqa qator masalalar bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

Ayni kunlarda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan amaliy ishlar bilan bir qatorda soha mutaxasislarining eʼtiboridan chetda qolayotgan vazifalar vaqtida bajarilmasa boy berilayotgan imkoniyatlar ham mavjud ekanligi tanqid ostiga olindi.

Viloyat rahbari tomonidan mazkur masalalarda barcha kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar va muammolar tuman hokimi Fayzulla Yusupov boshchiligida sektor rahbarlari, tegishli masʼullar, fermerlar va soha mutaxassislari hamda faollar ishtirokida muhokama qilindi.

16-07-2024 |
Foto galereya