Yangiliklar
Prezident Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtini borib ko‘rdi
25
02

Prezident Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtini borib ko‘rdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti faoliyati bilan tanishdi. Ma’lumki, bu ta’lim muassasasi 1994-yilda Jizzaxda tashkil etilgan. Lekin u yerda bo‘lajak uchuvchilar amaliyot o‘tashi uchun sharoit yetarli emasdi. Davlatimiz rahbari 2018-yilda Qarshi tumanidagi Xonobod harbiy aerodromida bo‘lganida harbiy uchuvchilar tayyorlashda ushbu aerodrom imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar bildirgandi. Shu asosida, oliy...

  • Ijtimoiy
  • 1219
  • 25.02.2023
Batafsil
Prezident bandlik masalasining mahalladagi ijrosini ko‘rdi
25
02

Prezident bandlik masalasining mahalladagi ijrosini ko‘rdi

Davlatimiz rahbari Qarshi tumanidagi Yangi Batosh mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda 4 mingdan ziyod aholi yashaydi. Hudud obodonlashtirilib, tadbirkorlik rivojlanmoqda. To‘qimachilik korxonasi, dorixona, minibank, oziq-ovqat do‘konlari va xizmat ko‘rsatish ustaxonalari aholi xizmatida. Mahallada Kasanachilik markazi tashkil etilmoqda. Prezident unda yaratilayotgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Bu yerda tikuvchilik, charmdo‘zlik, gilamchilik mahsulotlari tayyorlanishi bilan birga kasanachilarga ish ham o‘rgatiladi. H...

  • Ijtimoiy
  • 1097
  • 25.02.2023
Batafsil
Shavkat Mirziyoyev: Har bir islohotda o‘qituvchilar ko‘z oldimda bo‘ladi
25
02

Shavkat Mirziyoyev: Har bir islohotda o‘qituvchilar ko‘z oldimda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Davlatimizning ijtimoiy siyosati har bir mahallaga kirib borish va aholi talabini manzilli hal etishga qaratilgan. Qarshi tumanidagi Yangi Batosh mahallasida ham infratuzilma izchil rivojlantirilmoqda. 2021-yilda tashkil topgan mahalla bo‘lgani bois bu yerda maktab yo‘q edi. 500 dan ortiq o‘g‘il-qiz 10 kilometr masofadagi maktabga qatnardi. Yaqinda bu yerda yangi maktab qurib bitkazildi. Prezidentimiz mahallaga tashrifi chog‘ida uni kirib ko‘rdi. Maktab 660 o‘rinli. O‘ttizdan...

  • Ijtimoiy
  • 902
  • 25.02.2023
Batafsil
G'uzordagi filial endi alohida maktab bo'ladi va kompyuterlar bilan ta'minlanadi
22
02

G'uzordagi filial endi alohida maktab bo'ladi va kompyuterlar bilan ta'minlanadi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri chekka tumanlardagi maktab filiallarining sharoiti bilan tanishishni boshladi. Xususan, vazir Hilola Umarova boshchiligidagi respublika ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi taʼlim maskanlarida bo‘ldi. Dastlab vazir tumanning "Yakkadaraxt" mahallasida joylashgan 12-sonli maktabning filialida bo‘lib, o‘quvchi yoshlar bilan muloqot qildi hamda maktabning foydalanishga yaroqsiz eski binosini ko‘zdan kechirdi. Vazirning tashrifi davomida tuman hokimi Bekzod Suyunov hamrohlik qilib, tumanda taʼlimni rivojlan...

  • Ta'lim
  • 1820
  • 22.02.2023
Batafsil
13 kunlik chaqaloqda murakkab jarrohlik amaliyoti o'tkazildi
21
02

13 kunlik chaqaloqda murakkab jarrohlik amaliyoti o'tkazildi

Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi rejali xirurgiya bo‘limida 13 kunlik chaqaloqda murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi. Qusish, ovqat hazm qilish tizimining ishlamasligi shikoyati bilan Chiroqchidan bo‘limga keltirilgan qizaloqqa tug‘ma yuqori ichak tutilishi tashxisi qo‘yildi. Aniqlanishicha, oshqozon osti bezi o‘ralib, halqalangani sababli ingichka ichak qisilib, sut oshqozondan ingichka ichakka o‘tmay qolgan. Oshqozon ikki barobar kattalashgan. Murakkkab jarrohlik amaliyoti sababli ingichka ichak oshqozonga ulandi. Mu...

  • Tibbiyot
  • 1696
  • 21.02.2023
Batafsil
Prezident sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap” tanlovi o‘tkaziladi
20
02

Prezident sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap” tanlovi o‘tkaziladi

Hukumat qarori bilan Prezident sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap” (President Tech Award) tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, tanlov 2023-yil maydan har yili quyidagi 5 ta asosiy hamda 1 ta maxsus yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi: - sun’iy intellekt texnologiyalari;- ijtimoiy yo‘nalishda raqamli texnologiyalar;- axborot va kiberxavfsizlik texnologiyalari;- tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;- kompyuter va mobil o‘yin dasturlari.  Tan...

  • Ijtimoiy
  • 1656
  • 20.02.2023
Batafsil
Viloyat hokimi UNICEFning yurtimizdagi vakolatxonasi direktorini qabul qildi
17
02

Viloyat hokimi UNICEFning yurtimizdagi vakolatxonasi direktorini qabul qildi

Joriy yilning 16-17-fevral kunlari UNICEF tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi direktori Munir Mammadzade boshchiligidagi delegatsiya viloyatimizga tashrif buyurdi. Tashrif viloyat hokimi Murotjon Azimov bilan rasmiy uchrashuvdan boshlandi. Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:- maktabgacha ta'lim qamrovini oshirish, mazkur ta'lim muassasalarini jihozlash hisobidan qo'shimcha o'rinlar yaratish;- maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish;- bolalar tibbiyot muassasalarini jihozlash, Qarshi shahridagi Ona va bola tibbiyot klasteriga zamonavi...

  • Ijtimoiy
  • 1091
  • 17.02.2023
Batafsil
E'lon, Quyosh panellari va suv isitish tizimlarini o‘rnatib, imtiyozga ega bo‘lmoqchimisiz?
15
02

E'lon, Quyosh panellari va suv isitish tizimlarini o‘rnatib, imtiyozga ega bo‘lmoqchimisiz?

Unda O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi tomonidan tavsiya etilayotgan muqobil energiya bilan taʼminlashga yordam beradigan ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va o‘rnatuvchi tadbirkorlari bilan bog‘laning! Muqobil energiya manbalari, ularni xarid qilganda kompensatsiya va imtiyozlar to‘g‘risida ishonchli maʼlumotlarni rasmiy energymarket.uz saytidan olish mumkin.

  • Ijtimoiy
  • 1874
  • 15.02.2023
Batafsil
Prezident qarori bilan Kitob tumanida ham “Yangi O’zbekiston” massivi bunyod etiladi
14
02

Prezident qarori bilan Kitob tumanida ham “Yangi O’zbekiston” massivi bunyod etiladi

Barchamizga ma'lumki, davlat rahbari tomonidan joriy yilning 3-fevral sanasida viloyatni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir muhim qaror imzolanib, bu bo`yicha alohida chora-tadbirlar belgilandi. Mazkur qarorga asosan, Kitob tumanida ham aholining uy-joyga bo’lgan talabini qondirish maqsadida “Yangi O’zbekiston” massivini qurish belgilangan bo'lib, ushbu massiv tumandan o’tuvchi M-39 yo’li yoqasida, “Istiqbol” MFYdagi 10 gektar maydonga tashkil etilishi kutilmoqda. Ayni vaqtda bu bo&rs...

  • Ijtimoiy
  • 1847
  • 14.02.2023
Batafsil
Qashqadaryoda kadastr xodimlari qishloq xo'jaligi yerlarining elektron xaritasini yaratishdi
14
02

Qashqadaryoda kadastr xodimlari qishloq xo'jaligi yerlarining elektron xaritasini yaratishdi

Qishloq xo‘jaligi yerlarini to‘liq kadastr xatlovidan o‘tkazish ishlari ilk bor viloyatimizda boshlangan edi. Shu bois, Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi va uning filiallari tomonidan Qishloq xo‘jaligi yerlarini hisobga olish, ularni davlat ro'yxatidan o'tkazish va ushbu yer maydonlarining elektron xaritalarini yaratish ishlari davom etmoqda. 2023-yil 9-fevral holatida kadastr idorlari tomonidan ikki million gektardan ziyod qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer maydonlari hisobga olinib, 1 million 800 ming gektardan ziyodi davlat ro'yxatidan o'tkazilgan...

  • Ijtimoiy
  • 1772
  • 14.02.2023
Batafsil