Chiroqchi tumani hokimi o‘z taqdimotini o‘tkazdi (foto)
Tuman va shahar hokimlari o‘zi rahbarlik qilayotgan hududini 2024-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini viloyat hokimiga taqdimot qilmoqda. Xuddi shu yerning o‘zida viloyat hokimi Murotjon Azimov topshirig‘i bilan tadbirkorlar, banklar va viloyat tashkilotlari jalb qilinib, muammolarga yechim ham topilmoqda. Jumladan, Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupov ham taqdimot o‘tkazib, 270 ming nafar aholisi mavjud hududni sohalar bo‘yicha rivojlantirish dasturini maʼlum qildi. Loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlar ham so‘zga chiqib, o&ls...
- Ijtimoiy
- 530
- 04.03.2024
"Eko bozor, maktab, bog‘cha, mehmonxona va ko‘p qavatli uylar" - Yakkabog‘ tumanida Yangi O‘zbekiston massivi bunyod etilmoqda
Viloyat hokimi Murotjon Azimov Yakkabog' tumani "Ayg'irkul" mahallasi hududida yangidan barpo etilayotgan turar-joy binolarini qurilishi va tashqi muhandislik kommunikatsiyalari bilan taʼminlash holati hamda "Eko bozor"da amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Unda masʼullarga birinchi navbatda barcha ishlarni sifatli olib borish kerakligi alohida taʼkidlanib, tayyor uy-joylarning atroflariga obodonlashtirish hamda bolalar maydonchalari va o'yingohlar qurish, "Yangi O‘zbekiston" massivi hududida 2 bosqichdagi kanalizatsiya quvurlari ishini davom ettirish, oqova...
- Ijtimoiy
- 579
- 02.03.2024
Erta tongdan jonliq so‘yilib, Qurʼon tilovat qilindi
Viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi sektor rahbarlari va nuroniylar bugun Nishon tumanidagi “Talimarjon” suv ombori va 7-nasos stansiyasida bo‘lishdi. Viloyat rahbari mavsumiy sug‘orish ishlarida suv ombori va nasos stansiyasining o‘rni beqiyos ekanligini taʼkidlab, qish oylaridagi mashaqqatli mehnat o‘z mevasini berishini bildirdi. Shundan so‘ng jonliq so‘yilib, Qurʼon tilovat qilindi. Yig‘ilganlar osmonimiz musoffoligi, yurtimiz tinchligi, yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lishi va qishloq xo‘jaligida baraka so&...
- Ijtimoiy
- 479
- 01.03.2024
“E-Auksion Shop” elektron savdo do‘koni haqida bilarmidingiz?
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-oktabrdagi 540-sonli qaroriga muvofiq, xususiy mulkdorlar buyurtmasi asosida ularning mulklarini soddalashtirilgan tartib va muddatlarda “E-auksion shop” elektron savdo do‘koni orqali sotish va ijaraga berish bo‘yicha savdolar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bundan tashqari Hukumatning 526-son qaroriga muvofiq esa elektron do‘koni orqali soddalashtirilgan tartib va muddatlarda davlat daromadiga qaratilgan mol-mulklarni sotib olishingiz mumkin. Xususiy mulkdorlar buyurtmasiga asosan ularning...
- Ijtimoiy
- 510
- 01.03.2024
“Quyoshga qaragan ma’vo” kitobi taqdimoti o‘tkazildi
Qarshi shahridagi Ma’naviyat maskanida shoir, yozuvchi va tarjimon O‘roz Haydar qalamiga mansub “Quyoshga qaragan ma’vo” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Qayd etish lozim, muallifning “Kuylovchi toshlar”, “Musiqor”, “Oq soya”, “Aksioma”, “Vaqt iztirobi”, “Ruhafzo”, “Kechikkan fasl”, “101 sonet”, “Sukut haqqushi”, “Bug‘doyzor oralagan so‘qmoqlar” kabi nasriy va boshqa qator asarlari adabiyot ixlosmandlari orasida ancha mashh...
- Ta'lim
- 512
- 29.02.2024
Murotjon Azimov “Pachkamar” suv omborida
Viloyat hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari G‘uzor tumanida o‘rganishlar olib bordi. Shuningdek, Murotjon Azimov tuman hokimi Bekzod Suyunovning hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi taqdimotida ishtirok etib, shu yerning o‘zida Savdo-sanoat palatasining viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan g‘uzorlik tadbirkorlar bilan muloqot qildi. Shundan so‘ng, kechki payt rahbarlar “Pachkamar” suv omborida bo‘lib, “Saidxo‘ja qorovul ota” ziyoratida bo‘lishdi. Osmonimiz musoffoligi, yurtimiz tinchligi, yog‘in...
- Ijtimoiy
- 575
- 29.02.2024
Harbiy xizmatga yo‘l olayotgan o‘g‘lonlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12- fevral kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi Qarori hamda viloyat hokimining 2024-yil 16-fevral kunidagi qarori talablariga asosan, Qashqadaryo viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi va uning bo‘yso‘nuvidagi tuman, shahar mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan 2024-yilgi chaqiruv mavsumi...
- Ijtimoiy
- 563
- 28.02.2024
Viloyat hokimi G‘uzor tumani hokimining taqdimotida ishtirok etdi va tadbirkorlar bilan ham uchrashdi
Viloyat hokimi Murotjon Azimov G‘uzor tumanidagi tadbirkorlar bilan uchrashuvi chog‘ida tuman hokimining hududni 2024-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi taqdimoti bilan tanishdi. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilda tumanda 32 ming 500 nafar aholining bandligi ta’minlanadi. Bu esa, o‘tgan yilga qaraganda 4 ming 700 nafarga ko‘p degani. Tumanda jami 9,3 trillion so‘mlik 97 ta loyihalar amalga oshiriladi. Jumladan, yirik loyiha hisoblangan yuqori sifatli kalsiy karbonat ishlar chiqarish korxonasi ishga tushishi evaziga tumanga 20 mln. doll...
- Ijtimoiy
- 409
- 27.02.2024
G‘uzorda "Nuroniylar maskani” foydalanishga topshirildi
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi “Mustaqillik” mahallasida foydalanishga topshirilgan “Nuroniylar maskani” keksa avlod vakillariga davlatimiz eʼtiborining amaldagi yorqin ifodasi bo‘ldi. Mazkur go‘shada mehnat faxriylarining madaniy hordiq olishi uchun dam olish xonasi, kutubxona va tibbiyot xonalari, sport-sog‘lomlashtirish zali, shaxmat-shashka tashkil etilgan. Maskanning ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi sektor rahbarlari, viloyat va tuman nuroniylari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vak...
- Ijtimoiy
- 412
- 26.02.2024
Viloyat hokimi pillakorlar bilan uchrashdi
So‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan pilla yetishtirish va ipakchilik sohasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada salmoqli natijalarga erishilmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyatida ham. Shu boisdan, viloyat hokimi Murotjon Azimov, soha masʼullari va ko‘p yillar davomida o‘zining mashaqqatli mehnati bilan pilla qurtini parvarishlashda faollik ko‘rsatib kelayotgan vohamizdagi kasanachi xotin-qizlar va fermer xo‘jaliklari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Seminar tarzida o‘tkazilgan tadbirda pillachilikni rivojlantirish bo&lsq...
- Ijtimoiy
- 438
- 24.02.2024